AOKAda ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda aytilishicha, 2021 yil 1 yanvarga qadar:
- qisqa muddatli pedagogik kurslar tashkil qilinadi
- sinf rahbarlarini tayyorlash bo`yicha o`quv kurslari joriy qilanadi
2021 yil 1 fevralga qadar Normativ huquqiy hujjat ishlab chiqiladi:
- «Pedagog xodimlarning maqomi to`g`risida»gi Qonun
- Qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish
- Respublika ta`lim markazi faoliyatini takomillashtirish
️2021 yil 1 maydan boshlab:
- «Uzluksiz kasbiy ta`lim» maxsus elektron platformasi ishga tushiriladi
- NTT hamda OTMlarga xalq ta`limi xodimlarining malakasini oshirish huquqi beriladi






