Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi sprey (purkagich) shaklidagi vaksina ishlab chiqarmoqchi. Ayni paytda ushbu yumush bilan Sankt-Peterburgdagi gripp ilmiy-tadqiqot instituti olimlari shug`ullanishyapti. Bu haqda platforma.uz RIA Novostiga tayanib xabar berdi.
Yangi preparat gripp virusi asosida yaratilyapti. Vaksina hozir hayvonlarda klinik sinovdan o`tkazilmoqda. U 2021 yilda ko`ngillilar ishtirokida amaliyotda ham tekshiriladi.
Eslatib o`tamiz, bugungacha Rossiyada COVID-19 ga qarshi ikkita vaksina ro`yxatdan o`tkazilgan. Sprey shaklidagi emlash vositasi sinovi ham muvaqqiyatli yakunlansa, ular soni uchtaga etishi mumkin.






