AsosiyJamiyat

FVV: Samarqanddagi konserva zavodida yong`in sodir bo`ldi

'FVV: Samarqanddagi konserva zavodida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Samarqand viloyatida joylashgan konserva zavodida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaning ma`lum qilishicha, 24 oktyabr kuni “Spitamen shox” ko`chasida joylashgan konserva zavodining omborida yong`in sodir bo`lgan.

Yong`in haqida xabar soat 20:20 da kelib tushgan. FVV hududiy boshqarmasining 10 ga yaqin yong`in-qutqaruv guruhlari hodisa joyiga etib borib, yog`och materiallari va boshqa buyumlar bo`lgan omborxonani o`chirish uchun taxminan 50 daqiqa vaqt sarflagan.

Yong`inning umumiy maydoni 650 kvadrat metrni tashkil etgan, uning yuzaga kelishi sababi aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar