AsosiyDunyo

Putin Tog`li Qorabog` mojarosida kim tomonidaligiga "sha`ma" qildi

'Putin Tog`li Qorabog` mojarosida kim tomonidaligiga "sha`ma" qildi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog`li Qorabog`lagi ziddiyatlar borasida fikr bildirdi. U kim tomonda ekanligiga sha`ma qildi.

"Yana bir bor ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari (Ozarbayjon va Armaniston) oldimizga kelishdi. Men amerikalik sheriklarimiz biz bilan hamjihatlikda harakat qilishiga, kelishuvga yordam berishiga umid qilaman. Keling, eng yaxshi narsalarga umid qilaylik. Ozarbayjon hududining muhim qismi yo`qotilgan va bunday holat abadiy davom etishi mumkin emas. O`tgan yillar davomida biz vaziyatni uzoq tarixiy istiqbolda barqarorlashtirish uchun ushbu inqirozni hal qilishning turli xil variantlarini taklif qildik. 

Ishoning, bu sulhga yaqinlashish bo`yicha chora edi. Shuncha vaqtdan beri yana bir qadam qo`yilsa, muammo o`z echimini topardi. Afsuski, bu sodir bo`lmadi va bugun biz kutgan eng yomon taxmin ro`y berdi. Va fojia shundaki, ko`p odamlar o`lmoqda", dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday klubi yig`ilishida.

Putinning "Ozarbayjon hududining muhim qismi yo`qotilgan vaziyat abadiy davom etishi mumkin emas" degan so`zlarida ko`pchilik uning Ozarbayjonni qo`llab-quvvatlashini ko`rdi. U Rossiya armiyasi Qorabog`da Armanistonni qo`llab-quvvatlamasligi haqida avvalroq bayonot bergandi va bu bayonot Ozarbayjon fuqarolarida Rossiya va Ozarbayjonning samimiy munosabatlariga ishonchni kuchaytirdi.

    Boshqa yangiliklar