AsosiyDunyo

Ilhom Aliev: "Rossiya Armanistonga qurolni tekin beradi, biz esa undan sotib olamiz"

'Ilhom Aliev: "Rossiya Armanistonga qurolni tekin beradi, biz esa undan sotib olamiz"'ning rasmi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida Rossiya mamlakat uchun asosiy qurol etkazib beruvchi ekanligini ma`lum qildi. Bu haqda rbc.ru axborotiga tayanib Daryo yozmoqda.

«Biz qurollarni ko`plab mamlakatlardan sotib olamiz. Eng ko`p harbiy texnikani Turkiya ham, Isroil ham emas, Rossiya bizga etkazib beradi. Ammo Armanistondan farqli o`laroq, biz Rossiyadan sotib olingan qurol-yarog` uchun pul to`laymiz. Armaniston qurolni Rossiyadan bepul oladi. Biz qurollarni, shuningdek, Eron, Ukraina va Belarusdan ham olamiz. Albatta, bugungi kunda bizda armiyamizga hududiy yaxlitligimizni qayta tiklashda yordam beruvchi zamonaviy qurol-yarog` sotib olish imkoniyati bor», — dedi Aliev.

Davlat rahbari, shuningdek, Ozarbayjon o`z hududiy yaxlitligini o`zi mustaqil tiklayotganini ta`kidladi.

«Tabiiyki, bizning mintaqada har qanday mamlakat qurol sotib oladi. Dunyodagi barcha mamlakatlar ham o`zini qurol-yarog` bilan 10 foiz ta`minlay olmaydi. Shunday ekan, bu erda g`alati narsaning o`zi yo`q. Albatta, biz qurol uchun pul to`laymiz, yaxshi qurol sotib olamiz va u bizga joylarda yordam bermoqda. Biroq hududlar istilodan dronlar yordamida ozod etilayotgani yo`q. Hududlar u erda o`z burchlarini o`tayotgan askarlar, odamlar tomonidan ozod qilinmoqda.

Oktyabr o`rtalarida Aliev armanistonlik biznesmenlar mamlakatga qurol va yollanma jangchilarni kontrabanda yo`li bilan Rossiyadan olib kirayotganini aytgan edi. Ozarbayjon prezidenti so`zlariga ko`ra, armanistonlik biznesmenlar, shu jumladan, Samvel Karapetyan va Ara Abramyan shu maqsadlar uchun 30-40 million dollar turadigan Il-76 samolyotini sotib olgan.

Ammo «RBK»ga bergan intervyusida Rossiya armanlar ittifoqi prezidenti Ara Abramyan Armanistonga qurol etkazib berish ayblovlarini rad etib, biznesmenlar faqat gumanitar yordam bilan shug`ullanayotganini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar