1

O`zbekistonning 7 ta viloyatida zilzila sodir bo`ldi

Jamiyat 26.10.2020, 08:27
O`zbekistonning 7 ta viloyatida zilzila sodir bo`ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 26.10.2020 yil, Toshkent vaqti bilan 08:10 da (26.10.2020 yil, Grinvich bo`yicha 03:10 da) Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 39,49 gradus shimoliy kenglik; 71,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 292 km janubiy-sharqiy yo`nalish bo`yicha.

Zilzila O`zbekiston hududida:

Toshkent : 292 km, 2 ball.

Namangan : 168 km, 3 ball.

Andijon : 152 km, 3 ball.

Farg`ona : 99 km, 4 ball.

Guliston : 276 km, 2 ball.

Jizzax : 341 km, 2 ball.

Samarqand : 411 km, 2 ball.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1