AsosiyJamiyat

Ertadan O`zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelmoqda — Uzgidromet

'Ertadan O`zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelmoqda — Uzgidromet'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati O`zbekistonga kirib kelayotgan sovuq havo oqimidan ogohlantirmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 27 oktyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga, 28-29 oktyabrda butun O`zbekiston hududiga Rossiyaning Evropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo`yi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda.  

27-28 oktyabrda O`zbekiston bo`yicha ayrim joylarda shamolning tezligi  17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

28-29 oktyabrda havo harorati kechasi 0-3° darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2° sovuq bo`ladi, kunduzi 10-13°  daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar