1

Harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar masalasi ijobiy hal etildi

Jamiyat 26.10.2020, 10:07
Harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar masalasi ijobiy hal etildi

Joriy yilda harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abiturient oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga kirish uchun ro`yxatdan o`tgan bo`lib, mas`ul vakolatli organlar tomonidan dastlabki tekshirish natijalariga ko`ra, 1828 nafar abiturientning harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan edi.

Mas`ul vakolatli organlar hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan qayta tekshirish natijalariga ko`ra, 1828 nafar abiturientdan 1516 nafari harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega ekanligi, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilganligi, 85 nafari harbiy xizmatni o`tamaganligi va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o`taganligi, lekin harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega emasligi aniqlandi.

Davlat test markazi tomonidan tavsiyanomasi tasdiqlangan abiturientlarning test sinovida to`plagan ballari asosida tanlov natijalari (har bir ta`lim shakli va oliy ta`lim muassasasi kesimida) hisoblanganda 1516 nafar abiturientdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to`lov-kontraktga o`tish ballariga teng yoki undan yuqori (ro`yxatdan o`tishda tanlangan 1-oliy ta`lim muassasasida imtiyoz doirasida o`tish baliga nisbatan) ball to`plaganligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu masala O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining navbatdagi majlisida ko`rib chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda abiturientlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan mazkur abiturientlarning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

Hozirda talabalikka tavsiya etilgan abiturientlarning qaydnomasi oliy ta`lim muassasalariga taqdim etilmoqda, deya xabar berdi DTM.

Talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar o`z natijalarini shaxsiy kabinetlari (abitur.dtm.uz) orqali ko`rishlari mumkin, deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1