2020 yil 26 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 480 (+92) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 10 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 11 nafari Andijon viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Toshkent viloyatida,
- 37 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 62 615 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 315 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






