1

Ozoda Nursaidovaning konserti pandemiya tufayli qoldirilgandi. Chipta olib qo`ygan fuqaroga pullar qaytarildi

Jamiyat 26.10.2020, 10:30
Ozoda Nursaidovaning konserti pandemiya tufayli qoldirilgandi. Chipta olib qo`ygan fuqaroga pullar qaytarildi

Iste`molchi F.A. joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do`stligi” saroyi kassasidan xonanda Ozoda Nursaidovaning yakkaxon konserti uchun 4 ta chipta xarid qilib, unga 600 000 so`m to`ladi. Ammo pandemiya sharoiti tufayli 8 aprel kuni o`tkazilishi rejlashtirilgan mazkur konsert qoldirildi.

Iste`molchi uni pulini qaytarib olishda birmuncha qiyin ahvolga tushdi: “Xalqlar do`stligi” saroyi kassasi yopilgan, shu sababli pulini qaerdan olishni bilmay qoldi.

Shundan so`ng Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ishonch telefoniga murojaatini qoldirdi, deya xabar bermoqda Agentlik.

 Murojaat Agentlikning Toshkent shahar hududiy tuzilmasi tomonidan atroflicha o`rganib chiqildi. Chipta uchun to`langan pul mablag`lari “Ozoda-Nur” MChJ tomonidan iste`molchining plastik kartochkasiga to`liq o`tkazib berilishiga erishildi.

O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan, tovarni qaytarib olish, ishni bajarishni va xizmat ko`rsatishni taqiqlab qo`yish munosabati bilan iste`molchiga etkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to`liq hajmda qoplanishi lozim, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1