1

Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi

Jamiyat 26.10.2020, 10:52
Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM ochiladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy ta`lim tashkiloti tashkil qilinadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur yangilik oliy ta`lim sohasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Oliy ta`lim muassasalarining milliy reytingida so`nggi 5 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3 ta o`rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash bo`yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1