1

Koronavirusga qarshi kurashishda tibbiy niqobning real foydasi baholandi

Jamiyat 26.10.2020, 12:37
Koronavirusga qarshi kurashishda tibbiy niqobning real foydasi baholandi

Salomatlikni baholash va ko`rsatkichlar instituti (IHME) olimlarining aniqlashicha, tibbiy niqoblardan foydalanish birgina AQShning o`zida 130 mingga yaqin kishining hayotini asrab qoladi.  

COVID-19ni jilovlashning boshqa choralari, jumladan ijtimoiy masofa ham bu qadar katta foyda bermaydi va 2021 yilning fevral oyi oxirlariga kelib vafot etganlar soni ikki barobardan ko`proq ortib, 511 ming kishiga etishi mumkin, deyiladi «Nature Medicine» jurnali maqolasida.

Tadqiqotchilar fikricha, niqob taqish ko`rsatkichi 85 foizni tashkil etsa, 95 mingdan ziyod kishining hayoti saqlab qolinadi.

Niqoblar SARS-CoV-2 kabi respirator viruslar yuqishining oldini oladi va COVID-19 tarqalishiga to`sqinlik qiladi.  

Vaksina hali ishlab chiqilmagan bir vaqtda niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, o`z-o`zini izolyasiya qilish va aloqaga kirishgan kishilarni qayd etib borish kabi nofarmasevtik choralar pandemiyani jilovlab turish uchun eng samarali usullar hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1