AsosiyDunyo

Tixanovskaya 26 oktyabrda umummilliy namoyish bo`lishini e`lon qildi

'Tixanovskaya 26 oktyabrda umummilliy namoyish bo`lishini e`lon qildi'ning rasmi

Belorussiyadagi prezidentlik saylovlarida yuqori natijaga erishgan Svetlana Tixanovskayani oppozisiya g`olib deb hisoblamoqda. U 26 oktyabrda mamlakatda umummilliy namoyish bo`lishini e`lon qildi. Tixanovskayaning fikricha hukumat xalq tanlovini tan olmayapti.

"Beloruslar bu qadamni qo`yishga majbur bo`lishdi. negaki, ularning ovozi – bu qonun. Bu qonundan bizni maxrum qilmoqchi bo`lishyapti. Ammo biz bu qonun kuchini qaytaramiz. Bunda bizga birdamlik yordam beradi", — deyiladi Tixanovskayaning Telegram-kanaldagi («Strana dlya jizni») bayonotida.

U Belorussiyadagi ommaviy yig`inlarda yorug`lik va shovqin beruvchi granatalar qo`llanganini tak`kidladi. Tixanovskayaning fikriga ko`ra tuzum hali haqiqatni tan olishga, insonlar talabini qondirishga va o`z so`ziga javob berishga tayyor emas. Demak bu tuzum belorus xalqining hurmatiga loyiq emas. 

    Boshqa yangiliklar