AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullaeva og`ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizildi

'O`zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullaeva og`ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizildi'ning rasmi

daryo.uzni xabar berishicha, O`zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullaeva og`ir ahvolda Farg`ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Taniqli aktrisaga o`tkir pnevmoniya tashxisi qo`yilgan.

Jurnalist Nargiza Murodova aktrisadan hol-ahvol so`rash maqsadida u bilan bog`landi.

«Shukrki, ahvolim ancha yaxshilandi. Shifokorlar yaxshi qarashyapti. Ozgina og`riq bor, ammo tezda sog`ayib ketishimga umidim bor», — deydi aktrisa.

Eslatib o`tamiz, aktrisa 1941 yil Farg`ona viloyatida tavallud topgan. Shu kungacha viloyat teatrida ishlash bilan birga «Mehrobdan chayon» «Oq bino oqshomlari», «Sevginator», «O`zimdan o`zimgacha» va «Sehrli qalpoqcha» filmlarida esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.

    Boshqa yangiliklar