Xitoy Xalq Respublikasi 2016 yilda mamlakat hududida aeroportlar qurish va rekonstruksiya qilish uchun 77 milliard yuan($11,7 mlrd) miqdorida mablag` ajratadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, bunday qarorni fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasi boshlig`i qabul qilgan.
“Joriy yilda fuqaro aviasiyasi ob`ektlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun 11 ta tegishli loyiha va 52 ta dastur ishga tushadi”, — dedi boshqarma boshlig`i.
Shunday qilib, Pekin, Chendu, Sindao, Syamene, va Dalyane shaharlari hududidagi aeroportlar qayta ta`mirlanishi ko`zda tutilmoqda. Xitoy poytaxtida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi aeroport 2019 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
“Kelgusi besh yil ichida Xitoyda jami 66 ta yangi aeroport qurilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa Xitoy hududidagi aeroportlar soni 206 tadan 272 tagacha ortadi”, — deyiladi xabarda.