AsosiyJamiyat

Qanday hollarda maktabda o`quvchining telefonini o`qituvchisi olib qo`yishga haqli?

'Qanday hollarda maktabda o`quvchining telefonini o`qituvchisi olib qo`yishga haqli?'ning rasmi

Adliya vaziriligining ma`lum qilishicha, qonunchilikka asosan, o`quv mashg`ulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta`lim oluvchilar telefonini o`chirib qo`yishi hamda sumkasiga solib qo`yishi shart.

Ta`lim oluvchilarga quyidagilar qat`iyan taqiqlanadi:

  • telefonini bo`yniga osib olish, ko`krak cho`ntaklarida, shim, yubkalari cho`ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
  • telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta`lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

 

 telefoni yordamida:

  •  atrofdagilarga zo`ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ`ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
  •  ta`lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo`ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo`li bilan zarar etkazish;

 

 o`quv mashg`ulotlari vaqtida:

  •  telefon orqali so`zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo`natish;
  •  telefonni stol ustiga qo`yish;
  •  musiqa tinglash;
  •  surat va video tasvirlarni ko`rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko`rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
  •  suratga olish va video tasvirga tushirish;
  •  telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

 

Ta`lim muassasasida ta`lim oluvchilarga mashg`ulotlar va tadbirlar oralig`ida faqat asosli va kechiktirib bo`lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o`rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta`lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog`lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta`lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta`lim oluvchidan telefonni olib qo`yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta`lim muassasasining direktoriga yoki direktor o`rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta`lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, o`qituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qo`yishi mumkin

    Boshqa yangiliklar