“Yulduzlar jangi:Kuchning uyg`onishi” filmi eng kassabop filmlar uchligiga kirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
O`tgan dam olish kunlari ichida mazkur kartina dunyo bo`yicha 145 million dollar daromad oldi. Shundan 50 million dollar Xitoy hisobiga to`g`ri keladi. Film xitoylik kinoixlosmandlari e`tiboriga joriy yilning 9 yanvar kuni havola etilgan edi.
Shu tariqa, kinokartina umumiy daromadi 1,73 milliard dollarga etdi. Umumiy summadan 821 millioni AQSh hisobiga to`g`ri keladi.
Eslatib o`tamiz, jahon kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop filmlar reytingining birinchi o`rnini Jeyms Kameronning “Avatar”(2,78 milliard dollar), ikkinchi o`rnini esa shu rejissyorning “Titanik”(2,18 milliard dollar) filmi egallab turibdi.
Rejissyor Jorj Lukasning “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg`onishi filmi” namoyish etilganidan keyin bir hafta ichida 528 million dollar daromad olgan edi.