Prezident Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni qurilish sohasidagi loyihalar, jumladan, Toshkent davlat texnika universiteti hududida barpo etiladigan zamonaviy o`quv-amaliy kompleksi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda edu.uz xabar berdi.
Dunyo tajribasidan ma`lumki, ko`plab mashhur ilmiy muassasalar universitetlar ichida joylashgan.
Rejalashtirilayotgan majmua ham shu hududdagi Toshkent davlat texnika universiteti, O`zbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o`qituvchilar uchun shunday markaz bo`lishi ko`zda tutilmoqda.
Bu erda bir paytda 500 ta startap rezidentlari, 120 ta ishlab chiqarish korxonasini joylashtirish mumkin bo`ladi.






