Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining hibsxonasidan Bishkekdagi 1-tergov izolyatoriga ko`chirildi. Atambaev shu munosabati bilan ochlik e`lon qildi.
"U SIZO-1ga o`tkazildi, ochlik e`lon qilishiga sabab shu", — dedi uning advokati Sergey Slesarev.
MXDQ SIZO - Qirg`iziston maxsus xizmatlari binosidagi tergov izolyatori hisoblandi. Odatda korrupsiyada gumon qilingan yuqori lavozimli mansabdor shaxslar va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchilar, terrorchilar, ekstremistlar, chet ellik yollanma jinoyatchilar shu erga joylashtiriladi.
SIZO-1 - Bishkek markazidagi tergov hibsxonasi bo`lib, u erda poytaxt va Chuy viloyatida jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxslar saqlanadi.






