Tailand poytaxtida bir necha kunlik jimlikdan so`ng hukumatga qarshi namoyishlar yana avj oldi. Bu haqda manbalar asosida ria.ru xabar berdi.
Namoyishlarda minglab odamlar, turli guruh vakillari ishtirok etmoqda. Kishilar mamlakatda demokratik islohotlar o`tkazilishini talab qilishmoqda. Xalq Konstitusiyaga o`zgartirishlar kiritilishini, Bosh vazirning iste`fosini talab etib namoyishga chiqqan. Minglab odamlar yo`llarni to`sib norozilik bildiryapti. Bunday voqealar 16 oktyabrda ham bo`lib o`tgan edi.
Bu favqulodda holat e`lon qilinishiga sabab bo`ldi. Bangkokda namoyishlar sababli joriy qilingan favqulodda holat yana 30 kun davom etishi aytilmoqda.






