AsosiyJamiyat

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi virusdan zararlanish statistikasi e`lon qilindi

'Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi virusdan zararlanish statistikasi e`lon qilindi'ning rasmi

2020 yil 26 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 667 (+90) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining:  

53 nafari Toshkent viloyatida,  

37 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

E`tiborli jihati, bugun:  

Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 nafar,  

Andijon viloyatida 9 nafar,  

Jizzax viloyatida 8 nafar,  

Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,

Sirdaryo viloyatida 15 nafar,  

Toshkent viloyatida 75 nafar,  

Toshkent shahrida 135 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 62 876 (+261) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 2 239 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar