AsosiyJamiyat

Ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi mukofotiga sazovor bo`ldi

'Ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi mukofotiga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Ikki nafar hamyurtimiz Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi tomonidan yuksak mukofotga sazovor bo`lishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bosh qarorgohi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan ushbu nufuzli sport tashkiloti O`zbekiston taekvondo ITF Milliy assosiasiyasining prezidenti Laziz Hasanovni 7-DAN (master) qora belbog` hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikatlari bilan mukofotladi.

Shuningdek, Xalqaro taekvondo ITF federasiyasi tomonidan yana bir hamyurtimiz, O`zbekiston taekvondo ITF Milliy assosiasiyasining Buxoro viloyati bo`limi rahbari Ubayt Mukarramovga 6-DAN qora belbog` hamda Xalqaro toifadagi instruktor sertifikati topshirildi.

Sportchi yoki trener Xalqaro taekvondo ITF federasiyasining 7-DAN darajasini olishi uchun ushbu sport turida kamida 30 yil faoliyat olib borgan bo`lishi lozim. Laziz Hasanov esa 31 yildirki ushbu sport turini O`zbekistonda ommalashtirish yo`lida jonbozlik ko`rsatib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar