1

Qalqonsimon bez qalqondek mustahkam emasmi?

Salomatlik 11.01.2016, 11:21
Qalqonsimon bez qalqondek mustahkam emasmi?

Odatda bu a`zodagi o`zgarishlarni yaqqol belgilar nomoyon bo`lgachgina his etamiz. Unga qadar qalqonsimon bez faoliyatidagi o`zgarishlar noma`lumligicha qolaveradi. Balki qalqonsimon bez faoliyatida etishmovchilik yoki aksincha ortiqcha o`zgarishlar sodir bo`layotgandir. E`tiboringizga havola etayotgan jadval ketma-ketligi yordamida ushbu a`zo faoliyati bilan bog`liq ayrim ma`lumotlarga ega bo`lib, shu bahona salomatligingizni tekshirib olishingiz mumkin.

Boshlanishi

Uzoq vaqt davomida o`zingizni holsiz sezasiz. Qo`lingiz ishga bormay, nuqul yotgingiz keladi.. Tushunarsiz asabiylik, kayfiyat o`zgarishi va jizzakilik ham bor. (Erkaklarda jinsiy maylning sustlashishi, ayollarda esa hayz siklining o`zgarishi kabilar kuzatiladi) Uyqungizda halovat yo`q, diqqatni jamlashingiz ham qiyinlashib borayaptimi?

Teringiz quruqlashib, soch va tirnoqlaringiz sinuvchan, tana a`zolarida shish bormi? Balki qabziyat kuzatilayotgandir. O`ylab ko`ring, keskin harakatlanganingizda yurak urishi tezlashmayaptimi, qon bosimi yuqorilab, pastlamayaptimi? Tana vazningiz avvalgidaymi yoki biroz to`lishganmisiz?

Bu belgilar aksariyat hollarda giperterioz ya`ni qalqonsimon bez faoliyatining pasayishiga taxmin qilinadi. Ehtimol organizmingizda yod moddasi etishmayotgandir. Mazkur belgilar kuzatilsa, albatta mutaxassis ko`rigidan o`ting.

Yoshga bog`liq bezovtaliklar, masalan, hayz siklining uzayishi yoki qisqarishi, yurak urishining tezlashishi yoki aksincha, ko`p terlash, qo`l qaltirashi, lanjlik, asab qo`zg`alishi yoki o`z-o`zidan yig`lash holatlari yo`qmi?

Ba`zida nega asabiylashayotganingizni tushunmay qolasiz, ko`z oldingiz qorong`ulashib ketadi. Fikrlaringiz tarqoq, sal avvalgi voqealarni ham unutib qo`yish odatga aylanib bormayaptimi?Ozib ketdingizmi?

Holatingizga ko`ra qalqonsimon bez ishlab chiqarayotgan gormonlar me`yoridan ortib ketgan. Bu esa organizmda moddalar almashinuvini faollashtirib yuborishi mumkin. Vaqtni ketkazmay, shifokor huzuriga yo`l oling.­­

Bo`yin sohasiga diqqat qiling: ikki tarafdagi ko`rinishi bir-biriga o`xshashmi yoki tafovut bormi? Balki traxeya sohasida shish bordir?

Bo`yinning o`rta sohasiga qo`l bilan teginganingizda tomir urishini seziladimi? Boshingizni orqaga tashlaganingizda nafas qisishi kuzatilmayaptimi? Mabodo tomog`ingizga yot narsa qadalgandek tuyulmayaptimi? So`zlashganda o`z-o`zidan ovoz bo`g`ilib qolishi-chi?

Bezovtaliklar buqoqning mavjudligini bildirishi mumkin. Bunda  kasallik darajasiga ko`ra bo`yin sohasida turli o`zgarishlar uchrab turadi. Ayrim hollarda  esa bu turdagi bezovtalik qalqonsimon bez sohasida tugunlar yuzaga kelganini ham anglatishi mumkin. Aniq tashxis uchun shifokor ko`rigidan o`ting.

­­­­­­­­

Ishtahangiz me`yorida, odatdagiday taomlanayapsiz-u, ammo vazningiz kamayib borayapti. So`nggi vaqtlarda issiq haroratni xushlamay qolgansiz. Hatto sovuq kunlarda ham o`z-o`zidan isib ketasiz. Ko`zlaringiz kattalashib ketayotganday tuyulayapti, tez-tez pirpirab qolmayaptimi?

Vaqti – vaqti bilan qo`llaringizga qaltiroq kirib, tanangizga ham o`tayaptimi? Teri ko`rinishi qoramtir va rangsiz bo`lib qolmaganmi? Ko`z soqqasi kattalashib, qalqonsimon bez joylashuvi yaqqol ko`zga tashlanib qolganday tuyulmayaptimi?

Bezovtaliklar buqoqning diffuz-toksik turiga mansub bo`lishi mumkin. Bu holatda qalqonsimon bez faoliyatida turli o`zgarishlar bo`ladi. Endokrinolog mutaxassisga murojaat eting.

Boshqa bezovtaliklar qatorida bo`yin sohasida og`riq yoki keskin o`zgarishlar kuzatilmayaptimi?

Belgilarga ko`ra autoimmun tireoidit tashhisiga tahmin qilish mumkin. Ushbu hastalik qalqonsimon bez ichida  leykosit va suyuqolik to`planishi bilan kechib, mazkur a`zoning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Muolaja uchun  shifokor tavsiya darkor.

Shamollamagansiz, tumov va yo`tal ham yo`q. Ammo yutinganda tomoqda og`riq seziladi. Chuqur nafas olishda ham shu holat takrorlanayaptimi?

Vahima qilmay avvaliga endokrinolog huzuriga yo`l oling. So`ng uning tavsiyasiga ko`ra onkolog-endokrinolog mutaxassisi kerak bo`lishi mumkin. Muolaja qancha erta boshlansa, natijasi shuncha samarali bo`ladi.

Yuqoridagi belgilarning qay biri bezovtalik keltirib chiqishidan qat`iy nazar albatta shifokor ko`rigidan o`ting. Qalqonsimon bez faoliyatiga tahminingiz  bo`lsa, endokrinolog tavsiyasi asqotadi.

Qalqonsimon bez qanday tuzilgan?

U inson organizmidagi yirik endokrin bez bo`lib, ichki sekretor faoliyatga ega. Bezning nomlanishi u joylashgan hiqildoqning qalqonsimon tog`ayidan kelib chiqadi.

Qalqonsimon bez ko`rinishi kapalaksimon bo`lib, dumaloq va oval shaklidagi ikkita follikuladan iborat.

Follikul devorchasi follikulyar epiteliy /tireositlar/ hujayra bilan qoplangan. Ularning tuzilishi qalqonsimon bezning funksional faolligiga  bog`liq. Oddiy xollarda bu to`kima kubik epiteliydan iborat bo`lsa, funksiyasi kamayganda-yassi, funksiyasi kuchayganda silindr shakliga kiradi. Kolloid-uz tarkibida yod tuplangan tireoglobulin oqsil moddasidan iborat.

Follikullarda yodlashgan tireoidli gormonlarning biosintezi ro`y beradi. Bu jarayon organizmda yod  almashinuvi va tireoglobulin biosintezi bilan bog`liq. Inson organizmida 20-30 milligramm yod bo`lib, shundan taxminin 1/3 qismi kalkonsimon bezda tuplanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1