O`zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan. 2020 yilning 9 oyida O`zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko`p.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federasiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.
️Ma`lumot o`rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.






