Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra (O`RQ–643-son, 26.10.2020 y.) endi epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog`liq ma`muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko`rib chiqilishi mumkin.
Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko`rib chiqishga hamda ma`muriy jazoni qo`llashga faqat tegishli hududlarda yoki ob`ektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.
Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida(transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma`muriy ish ko`rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






