Facebook asoschisining surati bir kecha-kunduzda 3 mln layk yig`di. Mark Sukerberg suratda qizini shifokor huzuriga olib kelganini ko`rsatgan.
Mazkur suratga u qizini navbatdagi vaksinani qabul qilishga olib kelgani bilan izohlagan.
Qizaloq 2 dekabr kuni dunyoga kelgan. Uning uchun Facebook asosichisi bolani parvarishlash ta`tilini olgan. Mark Sukerbergning so`zlariga ko`ra, u uchun qizi bilan vaqt o`tkazish baxt.





