AsosiyDunyo

KXDR AQShga yadro quroli bilan tahdid qildi

Joriy yilning 6 yanvarida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi AQSh tomonidan yo`q qilish haqidagi tahdidlarga javoban vodorod bombasini sinovdan o`tkazgan edi. Bunga javob tariqasida esa amerikaliklar strategik qurol-yarog`larini Janubiy Koreyaga ko`chira boshladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

10 yanvar, yakshanba kuni Tinch okeanining Guam orolidagi Amerika bazasidan V-52 bombardimonchi samolyoti Janubiy Koreyaga etib keldi. Mazkur samolyot qanotli raketalar va yadroviy jangovor kallak bilan ta`minlangan.

“Atomga atom bilan, bu bizning javobimiz”, — KXDRdagi markaziy nashrlardan biri xuddi mana shu sarlavha ostida maqola e`lon qildi.

“Hozirda AQSh yadro strategik bombardimonchi samolyotini Janubiy Koreyaga ko`chirib o`tkazish bilan vaziyatni urushgacha olib bormoqda” ,— deb yozadi gazeta.

Nashrga ko`ra, Amerika “vaziyatga xolis qarashi” va “Koreya bilan tarixiy kelishmovchiliklardan  xoli bo`lishi” kerak.

    Boshqa yangiliklar