Hukumatning 655-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 martga qadar transformasiya qilish uchun 5 ta OTM ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.
2021/2022 o`quv yilidan tajriba-sinov tariqasida transformasiya qilinadigan oliy ta`lim muassasalarida:
- bakalavriat va magistratura uchun to`lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari ularning o`zlari tomonidan belgilanadi;
- bakalavriatga kirish imtihonlari mustaqil o`tkaziladi;
- ta`lim jarayoniga hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy OTM professor-o`qituvchilari jalb qilinadi.