Volkswagen korporasiyasi boshlig`i Mattias Myuller “Dizel mojarosi” deb nomlangan mojarolar uchun amerikaliklardan uzr so`radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Biz Amerikadagi tegishli hukumat organlari va keng jamoatchilikdan iborat mijozlarimizning xafsalasini pir qildik. Volkswagen`ning xatolari uchun uzr so`rayman ”, — dedi korporasiya boshlig`i Detroyt shahridagi matbuot anjumanida.
U shuningdek, korporasiya AQShga $900 ming investisiya kiritishi va o`rta hajmdagi avtomobillar ishlab chiqarishini ma`lum qildi.
Konsern boshlig`ining so`zlariga ko`ra, Tennesi shtati Chattanuga shahridagi Volkswagen zavodiga investisiya kiritilishi 2 mingga yaqin kishini ish bilan ta`minlanishiga olib keladi.
“AQSh Volkswagen uchun asosiy bozorlardan biri bo`lib qoladi”, — deydi Myuller.
Eslatib o`tamiz, Germaniyaning Volkswagen konserni atrofidagi mojarolar avtomobillarga o`rnatilgan ekologiyani ifloslantirish darajasini kamaytirib ko`rsatuvchi dasturning hukumat tomonidan aniqlanishidan keyin boshlangan edi.





