2020 yil 27 oktyabr kuni soat 19-50larda Zarbdor tumani hududidan o`tuvchi 4R-196 “Yangier-Dashtobod” avtomobil yo`lining 35 kilometrida 1999 yilda tug`ilgan fuqaro B.P “Vaz-2106” rusumli transport vositasini katta tezlikda boshqarib borayotib, yo`lning o`ng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomonidan urib yuborib yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko`ra, YTH natijasida eshak aravada bo`lgan 1958 yilda tug`ilgan X.E hamda 1998 yilda tug`ilgan A.P lar turli darajadagi tan jarohatlarini olib Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etishgan.

Hozirda maskur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o`rinda barcha haydovchilardan kunning qorong`u vaqtida harakatlanganda yanayam e`tiborli bo`lishlarini, tezlik me`yorlariga amal qilishlarini so`rab qolamiz!






