"Omon qolgan" filmi “Oltin globus” mukofotining g`olibi bo`ldi. Mazkur kinokartina eng yaxshi dramatik film deb tan olindi.
Mukofotlarni shuningdek rejissyor Alexandro Gonsales Inyaritu va bosh rol ijrochisi Leonardo DiKapriolar qo`lga kiritdi.
TASSning xabar berishicha, DiKaprio uchun ushbu "Oltin globus" uchinchisi bo`ldi. Bu safar ushbu nominasiyada uning raqiblari Brayan Krenston, Maykl Fassbender, Eddi Redmeyn va Uill Smit bo`ldi.
Mutaxassislar "Omon qolgan"ni bo`lg`usi Amerika "Oskar" kinomukofotiga loyiq topilishiga ishonch bildirmoqda.





