AsosiyShou-biznes

Kanizaning Porsche avtomobilidan 10 ming dollarlik telefon o`g`irlandi

Xonanda Kanizaning mashinasi ichidan birqancha qimmatbaho buyumlar va pullar o`g`irlangan. Bu haqda “Sayyod” sayti xabar bermoqda.     

8 yanvar kuni kech soat 19:30larda Kaniza Toshkentdagi Amaretto Restaurant oldiga o`zining shaxsiy Porsche Cayenne avtomashinasini qo`yib, dugonalari bilan ovqatlanib, soat 21:00larda qaytib chiqqanida mashinasining orqa tomonidagi oynasi sindirilganini ko`radi. 

Xonandaning aytishicha, mashina ichidan 2,5-3 million so`mlik Cavalli sumkasi, 10 ming AQSh dollarlik Vertu telefoni, 400 AQSh dollarlik Fleur Narcotique atiri, yana bir qimmatbaho karmoncha hamda 300 ming so`m atrofidagi puli o`g`irlab ketilgan.

 “Milisiyaga murojaat qildingizmi?”, degan savolga  Kaniza bundan avval ham 4-5 marotaba narsalarini shunday o`g`irlatib qo`yganida milisiyaga borganida yordam bera olishmaganini, yana behuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtini ketkazishni istamaginini aytgan.

Shuningdek, endi bundan keyin mashinasida hech narsa qoldirmasligini ham qo`shimcha qilgan.

Eslatib o`tamiz, Kaniza shu yilning 28 aprel kuni “Istiqlol” san`at saroyida tug`ilgan kunida konsert berib, turmushga chiqmoqchi ekanligi xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar