AsosiyJamiyat

Farg`onada 4 oyda 18 marta yo`l harakati qoidasini buzgan ayol qariyb 11 million so`m jarima to`ladi

'Farg`onada 4 oyda 18 marta yo`l harakati qoidasini buzgan ayol qariyb 11 million so`m jarima to`ladi'ning rasmi

Farg`ona shahar Nizomiy ko`chasida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan M.G. o`ziga tegishli bo`lgan “Neksiya 3” avtomashinasida 2020 yil 1 martda Yozyovon tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo`l harakati qoidasini buzgan bo`lsa, 2020 yil 18 iyun kuniga qadar jami 18 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan. 

Qoidabuzarga jarima solish to`g`risidagi 18 ta qaror yuborilgan bo`lsa-da, M.G. ularning birortasini to`lamagan. Unga 10 mln 700 ming so`m jarimani to`lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat ham berilgan. Mazkur jarimalar undiruvi yuzasidan "Darakchi"ga MIB Axborot xizmati ma`lum qildi. 

Jarima to`lashdan bo`yin tovlagan M.G. oxir-oqibat YPX xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda to`xtatilib, avtoulov jarima maydoniga olib kirilgan.  Natijada mashinasiz qolgan fuqaro shu kunning o`zida 10 mln 700 ming so`m jarimalarni to`liq to`lab bergan.  

Bundan tashqari, ijro hujjatini o`z vaqtida bajarish chorasini ko`rmaganligi uchun 2 mln 230 ming so`m ma`muriy jarima jazosi ham qo`llanilgani ma`lum bo`ldi. 

    Boshqa yangiliklar