Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi raisi Prasun Mukerji “Nurafshon City” qurilish loyihasini amalga oshirish bo`yicha hamkorlik to`g`risida bosh kelishuvni onlayn tarzda imzoladi. “Dunyo” AA xabariga ko`ra, Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan o`zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021 yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi. Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi. Loyihani Universal Success Enterprises Limited yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish ko`zda tutilgan. Investisiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga ko`ra aniqlanadi. |
28.10.2020 16:29
«Nurafshon City»ni qaysi xorijlik kompaniya qurishi ma`lum bo‘ldi






