The Independent nashri jurnalist Migel Dileyni UEFAning 2019/2020 yilgi Chempionlar Ligasi mavsumi yakunlari bo`yicha eng tezkor futbolchilar aniqlagan texnik hisobotning bir qismini e`lon qildi. ![]() Unga ko`ra, reytingning birinchi o`rnidan «Bavariya»ga qarshi final o`yinida 33,98 km/soat tezlikni qayd etgan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o`rin olgan. Ikkinchi o`rinni «Leypsig» himoyachisi Lukas Klostermann egallagan bo`lsa (PSJga qarshi o`yinda soatiga 33,82 km tezlik), kuchli uchlikka «Atalanta» qanot himoyachisi Hans Hatebur yakun yasab bergan (PSJga qarshi o`yinda 33,71 km/soat tezlik). Ma`lumot o`rnida, dekabr oyida 22 yoshga to`ladigan Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 uchrashuv o`tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda o`z nihoyasiga etadi. | |
Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumidagi eng tezkor futbolchi aniqlandi
The Independent nashri jurnalist Migel Dileyni UEFAning 2019/2020 yilgi Chempionlar Ligasi...







