1

Buxorodagi qamoqxonaga erini ko`rishga borgan ayol o`g`rilikka qo`l urdi

Jinoyat 28.10.2020, 23:49
Teglar: Buxoro, IIB
Buxorodagi qamoqxonaga erini ko`rishga borgan ayol o`g`rilikka qo`l urdi

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o`tayotgan eridan xabar olishga borgan qoraqalpog`istonlik ayol o`g`rilikka qo`l urdi. Bu haqda «Daryo» ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, Qoraqalpog`iston Respublikasida yashovchi 21 yoshli fuqaro S.A. avval ikki marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lsa-da, bundan to`g`ri xulosa chiqarmay, yana o`g`rilikka qo`l urgan.

U erini ko`rishga borgan kuni 20:00 dan soat 21:00 ga qadar bo`lgan vaqtda «Cho`lquvar» MFYdagi xonadonlarning biriga o`g`rilikka tushgan. Uy yotoqxonasidagi temir seyfning qulfini buzib, seyf ichidan 2 million 400 ming so`m va 100 dollar pul hamda jami bahosi 9 million 800 ming so`mlik uch turdagi ayollar tilla taqinchog`ini o`g`irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida qoraqalpog`istonlik ayolning kirdikori fosh etilgan. U ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Holat yuzasidan Qorovulbozor tuman ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

25.04.2024, 22:46

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona...
Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

04.02.2023, 13:13

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...
"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1