Xonanda Shahzoda o`zining Instagram’dagi sahifasida Rustam Sa`dievning "Baron" filmiga ishlangan “Sirdoshim” taronasini taqdimot kunini e`lon qildi.
Premera 12 yanvar kuni “Navro`z”, “Vodiy sadosi”, “O`zbegim taronasi” radiolari hamda “Mening yurtim” telekanallarida bo`lib o`tadi.
Film taqdimotiga ham oz fursatlar qolmoqda.
Eslatib o`tamiz, mazkur filmda G`asson Mas`ud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy hamda “Brigada” filmida o`ynagan Farhod Mahmudov, O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, Ulug`bek Qodirov, Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulhairov, Bekzod Hamroev, Habibulla Nizomov, Dilnoza Kubaeva, Shahlo Temirova, Jamila G`ofurova, Shahzoda Matchonova, Dilorom Egamberdieva kabi aktyorlarni ko`rishimiz mumkin bo`ladi.





