1

Ko`p korxona va ob`ektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti — Prezident

Jamiyat 29.10.2020, 09:28
Ko`p korxona va ob`ektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti — Prezident

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Ma`lumki, kecha mamlakatimiz rahbarining shu boradagi farmoni qabul qilingan edi. Bugungi yig`ilishda mazkur hujjatda belgilangan vazifalarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Farmon ilovalariga muvofiq, 2 mingdan ortiq davlat aktivlariga tegishli masalalar tasdiqlangan. Shundan 479 ta korxona va 15 ta ko`chmas mulk savdolarga qo`yiladi, 62 ta korxona xususiylashtirishga tayyorlanadi, 32 ta korxona va tarmoq transformasiya qilinadi, 507 ta bozor faoliyati takomillashtiriladi. Bundan tashqari, ilgarigi qarorlarda ko`rsatilgan 386 ta hamda sotish vakolati hokimlarga berilgan 559 ta ob`ekt savdolarga chiqariladi.

– Ochiq aytish kerak: oldin ham xususiylashtirish bo`yicha ko`plab qarorlar qabul qilingan. Lekin birorta rahbar pastga tushib, bu sohadagi bilim va metodikani joylarga etkazmagani sababli ko`p korxona va ob`ektlar sotilmasdan turibdi, na davlatga, na tadbirkorga naf keltiryapti, – dedi Shavkat Mirziyoev.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1