1

Prokuratura xodimining svetoforning "qizil" chirog`ida o`tib ketgani fuqarolar tomonidan "ushlab berildi"

Jamiyat 29.10.2020, 11:06
Prokuratura xodimining svetoforning "qizil" chirog`ida o`tib ketgani fuqarolar tomonidan "ushlab berildi"

“Limasol” nomli akkaunt orqali 27.10.2020 yilda “Gentra” rusumli, davlat raqami 01 - 711 -- bo`lgan avtotransport vositasi tuman markazidagi svetoforning ta`qiqlovchi qizil chirog`iga to`xtamasdan harakatini davom ettirganligi haqida video lavha yuborilgan. Holati yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy munosabati e`lon qilindi.

Aniqlanishicha, 27.10.2020 yilda Bo`ka tuman prokuraturasi xodimi F.N. yuqoridagi avtotransport vositasini avtomobillar qatnov yo`lida joylashgan chorraha svetoforining taqiqlovchi qizil chirog`iga to`xtamasdan boshqarib, yo`l harakati qoidalarini buzgan. 

Bo`ka tuman IIB YHXBning 28.10.2020 yildagi ma`muriy jazo qo`llash haqidagi qarori bilan F.N. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128-4-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 2 baravari miqdorida (446,0 ming so`m) jarima jazosi qo`llanilib, jarima to`langan.  

Kelgusida prokuratura organlari xodimlari xizmat va undan tashqari vaqtlarda avtotransport vositalarini boshqarishda yuqoridagi kabi salbiy holatlarga yo`l qo`ymasliklari, yo`l harakati qoidalari va prokuratura organlarining kasb odobnomasi talablariga qat`iy rioya qilishlari haqida ogohlantirildi, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1