Maxsus komissiya qarori bilan, shuningdek, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligining birgalikdagi faoliyati natijasida 2020 yilning 28 oktyabr kuni Abxaziyada qolib ketgan O`zbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan “Uzbekistan Airways” AJning charter reyslari bilan Vatanga qaytarildi...
Avvalroq, 9 oktyabr kuni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ maxsus poezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar hamyurtlarimizdan iborat birinchi guruh Vatanga qaytarilgan edi.
Ayni paytda O`zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo`lib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bog`liq vaziyatni nazorat qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federasiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan O`zbekiston fuqarolarini yurtimizga olib kelishni tashkil etish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi paytida fuqalorning bir joyda to`planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorjiy mamlakatlar hududidagi vatandoshlarimizdan ommaviy to`planmaslik, barcha karantin talablariga qat`iy rioya qilish hamda o`zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo`ynmasliklarini so`radi.






