O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e`lon qilingan kun munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga tabrik yo`lladi.
Maktubda so`nggi yillarda mamlakatlarimiz o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, infratuzilma va moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi ko`p qirrali aloqalar jadal rivojlanib, tom ma`noda strategik sheriklik darajasiga ko`tarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Davlatimiz rahbari Turkiya etakchisi va oila a`zolariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, Rejep Tayyip Erdog`anning serqirra va mas`uliyatli faoliyatiga yangi zafarlar va tuganmas kuch-g`ayrat, qardosh turk xalqiga esa tinchlik-omonlik va bardavom taraqqiyot tilagan.






