AsosiyJamiyat

IIV radikal, diniy ekstremistik g`oyalar targ`iboti ko`paygani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi

'IIV radikal, diniy ekstremistik g`oyalar targ`iboti ko`paygani yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o`zbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot g`oyalarni targ`ib qiluvchi ma`lumotlar tarqalmoqda. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo`lgan g`oyalarni targ`ib qiluvchi ma`lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo`zg`atish), 244 prim 3-modda (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) larida belgilangan javobgarlikka tortilishiga sabab bo`lishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma e`tiboriga havola qilinayotgan ma`lumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini o`rganib chiqishingizni so`raymiz.

 

 

Boshqa yangiliklar