Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 15 oktyabridan boshlab «Nududgazta’minot» AJ tomonidan respublika hududlari bo`ylab maishiy gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlarni o`rnatish ishlari boshlandi. Bu tizim qanday tartibda amalga oshiriladi: I bosqich — maishiy gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar o`rnatiladi; II bosqich — iste`molchilar ID kartalar bilan ta`minlanadi; III bosqich — mazkur jarayonlar «E-gaz» onlayn tizimiga ulanadi. Iste`molchiga berilgan ID kartada barcha ma`lumotlar ko`rinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oshirish muammosi bo`lmaydi. Shu bilan birga bu tizimda gaz ballon tarqatish oralig`i 45 kun bo`lsa, 45 kun ichida faqatgina bir marta pul echib olinadi. Ya`ni 45 kun ichida ikkinchi bor gaz ballon olishning imkoni bo`lmaydi. Avtomatlashtirilgan tizimda belgilangan mablag` tegishli muddatda echib olinadi. Ya`ni, haydovchi ekspeditor va ta`minotchi xodimlar tomonidan gaz ballon uchun qo`ldan naqd pul olinishiga yo`l qo`yilmaydi. Bu esa o`z navbatida suyultirilgan gaz ta`minotida ko`rsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirib, tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etishga imkon beradi. | |
29.10.2020 12:26
Endi suyultirilgan gaz ballonlari ham onlayn nazorat qilinadi






