AsosiyDunyo

Fransiyada terrorchi odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Uch kishi vafot etdi

'Fransiyada terrorchi odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Uch kishi vafot etdi'ning rasmi

Nissa shahrida pichoq bilan qurollangan kishi Notr-Dam bazilikasi mehmonlariga hujum qildi, deya yozdi Meduza.

Ma`lumotlarga ko`ra, uch kishi o`ldirilgan (bitta ayolning boshi kesilgan), yana bir necha kishi jarohat olgan. Le Figaro nashrining yozishicha, bir ayol bazilikaning o`zida, ikkinchisi - uning yonidagi kafeda o`ldirilgan, u jinoyatchidan yashirinmoqchi bo`lgan. Uchinchi qurbon erkak.

Hujumchi polisiya tomonidan ushlangan, u yaralangan va hozir kasalxonada.

Hozircha huquqbuzarning shaxsi va sabablari haqida hech narsa xabar qilinmagan. Nissa shahar hokimi Kristian Estrosining ta`kidlashicha, voqea "terrorchilik hujumi belgilariga ega". Ichki ishlar vazirligi huzurida voqeani tekshirish uchun vazir Gerald Darmanen boshchiligidagi maxsus inqiroz shtabi tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar