AsosiyJamiyat

DTMning abiturientlar uchun qilgan harajatlarida mablag`larni o`zlashtirish va korrupsiya izlari sezilmoqda — Rasul Kusherbaev

'DTMning abiturientlar uchun qilgan harajatlarida mablag`larni o`zlashtirish va korrupsiya izlari sezilmoqda — Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Kuni kecha, Davlat test markazi tomonidan sentyabr oyida test sinovlarini o`tkazishda abiturientlarga tarqatish uchun 13,4 mlrd so`mlik kepka, qo`lqop, maska, suv va ruchka xarid  qilgani va test sinovlarini o`tkazishga jalb qilingan xodimlarni ovqatlantirishga 1 mlrd 550 mln so`m atrofida mablag` sarflagani xabar qilingan edi. 

Xabar ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinmoqda. Xususan, deputat Rasul Kusherbaev holatda korrupsiya izlari ko`zga tashlanayotganini bildirdi:

"Davlat test markazi tomonidan kepka, oziq-ovqat mahsulotlarini  buyurtma va harid qilish jarayonlarida o`zaro til biriktirish orqali noqonuniy yo`l bilan mablag`larni o`zlashtirish alomatlari mavjud. Shuningdek, korrupsiyaning ham izlari sezilmoqda.  

Shu sababli Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur masalani o`rganib, huquqiy baxo berishlari shart.  

Bu jarayon hech qanday ta`sir va bosimlarsiz qonun doirasida jamoatchilik uchun ochiqlab olib borilishini so`raymiz", yozib qoldirgan deputat.

    Boshqa yangiliklar