AsosiyJamiyat

Bu yil 300dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomаlar aniqlandi — DTM

'Bu yil 300dan ortiq soxta harbiy tavsiyanomаlar aniqlandi — DTM'ning rasmi

Bu haqda DTM direktori o`rinbosari Sardor Rajabov ayni paytda AOKAda o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.

— Joriy yilda harbiy qism qo`mondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13107 nafar abiturientning 1828tasi qayta tekshirildi.  

Qayta tekshiruv natijalariga ko`ra, 1828 nafar abiturientdan 1516 nafari tavsiyanomaga ega ekani, 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani, 85 nafari xizmatni o`tamagani va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni o`tgan bo`lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi tasdiqlandi.  

Test natijalari tahlil qilinganda, 1615 nafar abiturientdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi, deydi mas`ul. 

    Boshqa yangiliklar