Nikohga kirish uchun majburan o`g`irlangan ayol IIBga murojaat qildi, holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Aniqlanishicha, 2020 yilning 13 oktyabr kuni soat 20:00 da, 30 yoshli D.E., tanishlari 29 yoshli R.J. va 30 yoshli P.B.,lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, 24 yoshli G.S.,(ayol)ni uning erkiga xilof ravishda Qonliko`l tumani Madeniyat MFY Sari-oltin ko`chasi chorrahasida G.S.,(ayol)ni uyiga qaytayotganligidan foydalanib, uning orqasidan borib unga kuch ishlatib, majburan D.E.,ning nomida bo`lgan P.B., boshqarib yurgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasiga mindirib, uni Qonliko`l tumani Bo`ston OFYda joylashgan uyiga olib borishib, G.S.,ni D.E., bilan nikohda bo`lish uchun o`g`irlashgan.
Holat yuzasidan G.S., tuman IIB boshlig`iga ariza bilan murojaat qilgan. Hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi xodimlari chiqib ko`zdan kechirish va boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o`tkazishgan. D.E.,ning nomida bo`lgan “Nexia-2” rusumli avtomashina daliliy ashyo tariqasida olinib, tegishli tartibda muhrlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qanliko`l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to`sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib bormoqda, deyiladi xabarda.






