Yozyovon tumanida 28 oktyabr kuni fuqaro N.A. “Tico” avtomashinasini Soybuyi MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan voyaga etmagan R.K.ni urib yuborishi oqibatida, R.K. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini uqtirmoqda.