AsosiyDunyo

OAV: Air France kompaniyasi samolyoti shassisidan noma`lum shaxsning jasadi topildi

Parij aeroportiga qo`ngan Air France kompaniyasiga tegishli samolyot shassisidan noma`lum shaxsning jasadi topildi, deb xabar beradi “TASS”.

Havo layneri Braziliyadan uchib kelgan edi.

“Jasad Orli aeroportiga qo`ngan Boeing 777 samolyoti ko`zdan kechirish paytida topilgan”, — deyiladi xabarda.

Halok bo`lgan kishining shaxsi va jinsi hali aniqlanmagan. Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha noma`lum. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar