Bugun Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning inaugurasiyasi bo`lib o`tdi.
Prezident «Kohi Somon» binosida parlament va hukumat a`zolari qarshisida qasamyod so`zlarini aytdi. Bu 68 yoshli Peshvoyi millatning beshinchi inaugurasiyasidir. Bungacha u 1994, 1999, 2006 va 2013 yillarda qasamyod qabul qilgan.
Mamlakat rahbarining inaugurasiya marosimida qilgan va`dalari:
▪️ Yaqin 7 yil ichida Tojikiston energetik jihatdan mustaqil qilish.
▪️ Iqtisodiyotning barcha sohalarida va ijtimoiy sohada ko`rsatkichlarni oshirish. Aholining turmush sifatini yaxshilash.
▪️ Yashil energiya va turizm sohasini rivojlantirish. Mamlakatdagi yo`llar va aloqa sifatini yaxshilash.
▪️ Ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, yoshlar va ijtimoiy zaif guruhlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi dasturlarni amalga oshirish.
«Men hali ham 1992 yildagidekman, o`zgarmaganman. Odamlarning mehri meni mamlakatning har bir fuqarosi hayotini yaxshilash uchun yanada ko`proq harakat qilishga undaydi», dedi u.






